Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Tamila: “Menga o‘xshaydigan Qizni topib, tasvirga tushirib tarqatib yuborishgan”

“Darakchi” gazetasi muxbiri xonanda Tamila bilan tarqalgan behayo videoroliklari yuzasidan suhbatlashdi.

Tamilla, tarqalgan videolarni qanday izohlaysiz?
— Bilasizmi, meni sha’nimga shunchalar ko‘p e’tiroz, tanqilar yog‘ildi-ku, oxiri ko‘rinmayapti. Lekin ikkita videodagi qiz ham men emasman. Bu menda xusumati bor odamlarning ishi, deb bilaman. Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib tarqatib yuborishgan.
— Lekin saytlardan biriga bergan izohingizda xonada tushirilgan videodagi o‘zingiz ekaningizni tan olganingiz yozilgan-ku?!
— Siz nazarda tutgan videolar menga ham telegram orqali yetib kelgandi. O‘sha kuni sayyod.com saytidan blogger Sardor Komilov qo‘ng‘iroq qilib, “2 ta videodagi sizmi?” deb so‘radi va nima haqda gapirayotganini tushuntirmadi. O‘zining loyihalaridagi videolarni nazarda tutayotgandir degan o‘yda “ha bittasidagi menman”, deganman. Ochig‘i, o‘sha damda nima bo‘layotganini tushunmay turgandim.      
— Instagramdagi shaxsiy sahifangizni nomini o‘zgartirib, rasmlaringizni o‘chirib tashlashingizga ham yuqoridagi voqealar sababmi?
— Shaxsiy sahifam nomini o‘zgartirganim yo‘q, uni o‘chirib tashladim. Endi ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qman.
— Lekin TAMILLAOFFICIAL nomi bilan instagramda shaxsiy sahifa ochilgan va unda muloqot davom etmoqda-ku?
— Yo‘q, u ham men emasman!
— Tarqalgan videolardagi qiz siz bo‘lmasangiz, unda nima sabab “O‘zbeknavo” tomonidan lisenziyangiz bekor qilindi?!
— Buni ulardan o‘zim iltimos qildim va meni bezovta qilmasliklarini so‘radim. Videolarni ekspertizaga topshirib, behayo harakatlar qilgan qiz men emasligim va bu qabih ishga kim qo‘l urganini bilish niyatidaman.
— Demak, san’atni butunlay tark etdingiz-a?
— Ha! Chunki odamlarning men haqimdagi salbiy fikrlari ko‘nglimga og‘ir botyapti.
— Qozog‘istonga ko‘chib ketganingiz ham rostmi?
— Balki kimgadir meni Qozog‘istonga chiqarib yuborish osondek tuyulgandir. Hech qaerga ko‘chib ketish niyatim yo‘q. Shou-biznesda kimgadir yoqmay qolgan ko‘rinaman…
Eslatib o‘tamiz, xonanda Tamila ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqalganidan so‘ng, uning prodyuseri xonanda bilan tuzilgan shartnomanitugatgan, "O‘zbeknavo" esa o‘z navbatida xonandaga berilgan lisenziyani bekorqilgan, birozdan so‘ng esa Tamilaning Qozog‘istonga ko‘chib ketgani haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng Tamila ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga audio murojaat yo‘llab, unda hech qaerga qochib ketmaganini aytgan edi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11355 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tamila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Xudush_0115 Kim bilsin balkim udir balkim budir.
Like | 0
Azamat4846 Videodi qiz Tamilaga shuncali oxwidiki Tamilani gapiga iwoniw qiyin
Like | 0
NuR_KR яхши иш бумабди! одамлага гап буса булди
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное