O‘tgan oyda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p e’tibor markazida bo‘lgan san’atkor Tamila bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Avvaliga uning ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqaldi, keyinroq uning prodyuserlik markazi u bilan shartnomani bekor qildi, o‘z navbatida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandaga berilgan lisenziyani bekor qildi.
Shu hafta boshidan Tamila yana tilga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida xonanda “Men bo‘lmasam” nomli yangi qo‘shig‘ini “Tamila.uz” sayti orqali taqdim etayotgani haqidagi reklama bannerlari tarqaldi. “Qalampir.uz” sayti masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma’muri bilan bog‘landi.
Go‘shakni ko‘targan ma’mur Tamila yana prodyuserlik markaziga qaytganini va to‘ylarga ham chiqayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Tamilaning Toshkentdagi bitta to‘yga borishi bahosi 1.500.000 so‘mni tashkil etyapti.
Nashrning ma’lum qilishicha, xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u haqdagi savollarga javob berishni istamagan. Tamilaniing o‘zi esa telefoniga javob bermagan.