Tahlilchilar Apple’ning yangi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari tannarxini baholadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 5,5 dyum ekranli iPhone 8 Plus smarfonining yig‘ish va asosiy ishlab chiqish xarajatlari 295 dollarni, 4,7 dyum ekranli smartfon uchun esa bu xarajatlarning umumiy qiymati 247 dollarni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, yangi smartfonlarning ishlab chiqarilishi ularga simsiz quvvatlash modulining qo‘shilishi va doimiy xotira hajmining oshishi hisobiga qimmatlashgan.