Statistika: Toshkentda boshqa viloyatlarga nisbatan ajrashishlar ko`p qayd etilmoqda
Toshkentda respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda ajrashishlar eng ko`p qayd etilmoqda, deb yozmoqda “1news.uz” “Toshkent oqshomi” gazetasiga asoslanib.
To`laqonli bo`lmagan va nosog`lom oilalarda esa bolalarning jinoyatga qo`l urishi kuzatilmoqda. Ajrashishlar, shuningdek, oilaviy nizolar zamiridagi jinoyatlar hamda o`z joniga qasd qilishlarning ko`payishiga olib kelmoqda.
Qayd etilishicha, oilada ijtimoiy, ma`naviy muhitning talab darajasida emasligi, yigit va qizlarning turmushga tayyor emasligi, oilaning iqtisodiy asosi mustahkam emasligi, kuyovlarning ishsizligi, yigitlarning ishlash uchun chet ellarga chiqib ketishi ajrashishlarga sabab bo`lmoqda.
2016 yil may oyida Toshkent shahar hokimi ajrimlarning oldini olish bo`yicha qaror qabul qilgan. Yozilishicha, mazkur qaror ijrosi bo`yicha etarli ishlar olib borilmayapti.