Sony kompaniyasi VAIO kompyuterlari biznesini sotib yuboradi
Elektron texnika ishlab chiqaruvchi Sony kompaniyasi
kompyuter ishlab chiqarish biznesini Japan Industrial Partners investitsion
jamg‘armasiga sotishini ma’lum qildi. Bu haqda Digit.ru sayti ma’lumot
bermoqda.
Mazkur shartnomaning qiymati ma’lum qilinmayapti, ammo
Yaponiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, u 40—50
milliard ien (400—500 million AQSh dollari) bo‘lishi mumkin. "Reyter” agentligi
xabariga ko‘ra, Vaio kompyuterlari biznesida Sony ham 5 foiz ulush bilan
qolishni rejalashtirgan.
Sony kompaniyasi ma’lumotida aytilishicha, u endi personal
kompyuter bozoridan chiqib, asosiy kuchini o‘z nuqtai nazarida muhim
hisoblangan mahsulotlar – televizor, kamera, smartfon va planshetlar
ishlab chiqarishga yo‘naltirmoqchi. VAIO ishlab chiqarilishining aynan
Japan Industrial Partners’ga sotilishidagi e’tiborli jihat endi bu kompyuterlar
jahon bozoriga chiqmasligidir. Zero, JPL faoliyati faqat yapon xaridorlariga
xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.