Soʼmning dollarga nisbatan qadrsizlanishi 1,2 foizga teng boʼldi
Soʼmning dollarga nisbatan qadrsizlanishi 1,2 foizga teng boʼldi
Tashqi omillar taʼsirida soʼm almashuv kursi 2022 yil mart oyining birinchi yarmida oʼzining eng yuqori darajasiga yetib, yil boshidan 6,8 foizgacha qadrsizlangan.Markaziy bank maʼlumotlariga koʼra, soʼm mart oyining ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar 5,2 foizga mustahkamlandi. Natijada, soʼmning АQSh dollariga nisbatan yil boshidan qadrsizlanishi 1,2 foizga teng boʼldi.
2022 yil I yarim yillikda pul bozorida jami 65,8 trln soʼmlik operatsiyalar amalga oshirilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʼproq boʼldi va umumiy likvidlik dinamikasi bilan izohlanadi.
Pul bozoridagi operatsiyalar boʼyicha oʼrtacha foiz stavkalari esa iyunь oyida 17,1 foizgacha pasaydi.