Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Avgustda so‘m rublga nisbatan 11 foizga o‘sdi

O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘m kursi avgust oyi davomida mustahkamlanib bordi, deb xabar beradi markaziy bank matbuot xizmati.
Oy boshidan buyon unga nisbatan rublning rasmiy kursi 11 foizga tushdi. 1 rubl 44.37 so‘mdan 39.89 so‘mga tushdi.
“O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida birinchi o‘rinni egallaydigan davlat milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi Rossiya bilan savdo munosabatlarining rivojlanishiga ta’sir o‘tkazmasligi mumkin”, - ta’kidladi Central Asia Investments tahlilchisi Ilxat Tushev.
Rossiyaning O‘zbekistonga eksporti strukturasida 60 foizlik ulushni mashinasozlik kompleksi mahsulotlari egallaydi. O‘zbekistonning Rossiyaga eksportida esa bu sektor 8-10 foizni tashkil qiladi. Tushevning fikricha, bunday disproporsiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya moliya bozoridagi valyuta beqarorligi ta’siridan chetda turish imkoniyatini beradi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5669 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Avgust, so‘m, rubl, o‘sdi, 11 foiz, nisbatan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное