Shohruhxon va Asal Shodiyevaning visol oqshomi bo‘lib o‘tdi
5-iyun kuni san’at olamida yana bir baxtli juftlik yaraldi. Asal va Shohruhxon! Nihoyat ularning visol oqshomi bo‘lib o‘tdi. Yulduzli to‘y uzoq vaqt muxlislar o‘rtasida shov-shuvlarga sabab bo‘lishi va ularning yodida qolishi tayin.
Aslida bu ikki yoshning atrofida anchadan buyon turli mish-mishlarga to‘la edi. Mana endi barcha gap-so‘zlar, savollarning javobi topildi. Biz bu ikki yoshga baxt tilaymiz. Eng ezgu tilaklar hamisha yor bo‘lsin.