Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shirin: To‘yim bo‘lsa, buni hech kimdan yashirmayman


Sevimli «Sug‘diyona»ngizda yana bir yangi loyiha — «Solo». Endi biz duet va guruh tarzida ijod qilib kelayotgan san’atkorlarni yakkama-yakka suhbatga chorlab, ular bilan yanada yaqinroq tanishishga harakat qilamiz. Qani ko‘ramiz, guruhdoshlarisiz qolgan mehmonlarimiz savollarimizga qay tariqa javob berishar ekan. Loyihamizning ilk qatnashchisi «Farhod va Shirin» duetining solistlaridan biri xonanda Shirin!

— Suhbatlarda hamisha Farhod bilan birgalikda ishtirok etasizlar. Bu safar esa yolg‘izsiz. Erish tuyulmayaptimi?

— Yo‘q, hammasi joyida. O‘ylaymanki, savollaringizga javob berolaman.

— Intervyudan keyin nimalar haqida suhbatlashganimizni aytasizmi unga?

— Ha, ipidan ignasigacha aytib beraman (kulimsirab).

— Bundan chiqdi, o‘rtangizda sir yo‘q. Unga ishonasiz?

— Xuddi shunday. Hatto, Farhodning o‘zi so‘ramasa ham, nimalar bo‘lganini aytib beradigan odatim bor.

— Bo‘y-basti kelishgan yigit bilan birgalikda ijod qilasiz. Rostini ayting, uning yonida o‘zingizni noqulay sezgan paytlaringiz bo‘lganmi?

— Yo‘q, negaki u meni noqulay vaziyatga solmaydi. Farhod men uchun akamdek. O‘rtamizdagi his-tuyg‘ular ham xuddi aka-singillarniki kabi samimiy.

— Farhodga singildekman deyapsiz-u, ammo ikkingiz yonma-yon turganingizda muxlisalari unga yaqinlashishdan cho‘chisharkan.

— Buni o‘zim ham bilaman. Tadbir yo to‘y xizmatlarida, qizlar yonimga kelib Farhod bilan birga rasmga tushish uchun mendan ruxsat so‘rashadi. Shundan sezamanki, qizlar meni Farhodni rashk qiladi, deb o‘ylashadi.

— Bundan chiqdi ruxsat bermasligingiz ham mumkin ekan-da rasmga tushishga?

— Yo‘q nega endi, hech qachon qarshi bo‘lmaganman.

— Yolg‘iz qolishni istagan paytlaringiz bo‘lib turadimi, Shirin?

— Rostini aytsam, yolg‘iz qolib xayol surish, bu — mening sevimli mashg‘ulotim. Qo‘limga biror kitobni olaman-da, ozroq mutolaa qilib xayollarga berilaman. Maza! Qahva yo asalli choy bilan o‘zimni siylab ham qo‘yaman. Buning o‘zgacha gashti bor.

— Sir bo‘lmasa, nimalarni yo kimni xayol qilasiz?

— Tasavvurimda baxtli oilam, farzandlarim jonlanadi. Bunday o‘ylardan qalbim allaqanday hislarga to‘ladi-yu, yashagim keladi.

— «Farhod va Shirin» dueti nomi bilan tanildingiz, xo‘sh, bu sizga nima berdi?

— Eng avvalo sadoqatli, mehribon do‘st topdim. Farhodga qarab turib ko‘p narsalarni o‘rganaman. Uning to‘rt nafar opasi bor. Shungami, qaerda, qanday muomala qilish kerakligini, qiz bola o‘zini qay tariqa tutishi lozimligini doim uqtirib keladi. Yigit va qiz o‘rtasidagi munosabatlarda ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi. Meni o‘z opalari singari baxtli ko‘rishni istaydi. Duetimiz menga o‘zim istagandek ijod qilish imkonini berdi. Bugun nimagaki erishgan bo‘lsam, barchasida duetimizning «imzo»si bor.

— Qiziq, duet tarzida ijod qila boshlagach, tanilganingizni aytasizmi, degandim. Indamagan bo‘lsangizda, so‘rayman: mashhurlik uchun nimalarni qurbon qildingiz?

— ...yoshligimni, hayotimning qaysidir qismini, uyqumni, hotirjamligimni, xullas, ko‘p narsani qurbon qilganman. Lekin mashhurlik uchun shaxsiy baxtni qurbon qilishni istamayman.

— Ya’ni?

— San’atkorlar davraisda «Ijodga kirib keldingmi, faqat u bilan yashashing kerak, boshqa hech nimani o‘ylama. Shuncha harakatlaringdan birgina oila uchun voz kechib ketaversanmi», degan gaplar quloqqa chalinadi, buni yashirmayman. Ularni tushunishga harakat qilaman, haqiqiy san’atkor bo‘laman degani ijoddan bo‘lak o‘zgasini o‘ylamaydi. Lekin men uchun oila kerak.

— Chin dildan aytyapsizmi bularni?

— Shubha qilmang, so‘zlarim rost.

— Yaqindagina san’atkor ayollardan biri «Qanchadan-qancha hamkasblarimni bilaman oilani tanlab, bugun afsus qilishyapti», dedi. Shundan buyon «Men oilani tanlayman» deganlarga ishonishim qiyin.

— Bilasizmi, san’atkor ayolning oilada baxtini topishi ko‘p jihatdan uning turmush o‘rtog‘iga bog‘liq. Agar tanlagan insoni yillar davomida erishganlaridan voz kechishga loyiq bo‘lsa, hecham ikkilanmay oilam deyaverishi kerak. Chunki haqiqiy baxti yonida. Men shunday qilgan bo‘lardim. Siz aytayotgan vaziyat esa buning aksi. Shunga ham afsus, nadomatlar bo‘ladi.

— Ijod ahli haqida gap ochilganidan foydalanib so‘rasam, san’atkor o‘zida qanday xislatlarni rivojlantirishi kerak, deb o‘ylaysiz?

— Eng avvalo, samimiylikni, odamgarchilikni yo‘qotmaslik lozim. Nazarimda, bular san’atkor uchun g‘oyat zarur xislatlardir. Mehnat qilish, yaxshilik ulashish va tabiiylikka intilaverish kerak.

— Demak, sanab o‘tganlaringiz ayni dam shou-biznes vakillari orasida yo‘qolib boryapti, shundaymi?

— ...shunday desa ham bo‘ladi. Biroq bu hamma xonandalarga tegishli emas. Yosh qiz-ayol san’atkorlar bir-birimiz bilan ahilmiz.

— Haqiqiy san’atkor bu soz chalishni ham biladiganidir, deyishadi...

— Savolingizni tushundim, afsuski, men birorta ham musiqiy asbob ijrosini uddalay olmayman. Ammo o‘rganishga harakat qilganman. Fortepiano va rubob ijrosi bo‘yicha dars oldim. Sababini aytolmayman-u, bu ish qo‘limdan kelmadi. Balki bular menga og‘irlik qilgandir. Negaki bitta soz ijrosini o‘rganish katta mehnatni talab qiladi. Qolaversa, asabingiz ham dosh berishi kerak. Biroq eplay olmaganidan afsusdaman. Nasib qilsa, farzandlarimni kichikligidan musiqa darslariga beraman. Menda bunday imkoniyat bo‘lmagan-da, ehtimol shuning uchun ham musiqiy asboblarni tushunolmasman.

— Ijod, s’yomkalar, gastrol safarlari, pardoz-andoz, fitnes — bulardan tashqari ham o‘ylaydiganlaringiz bormi, Shirin?

— Bog‘dorchilikka qiziqaman. Bu menga bobomdan o‘tgan. Uyimiz birinchi qavatda joylashgan, old tarafidagi hovlisiga ikki yil oldin anjir ko‘chatini ekkandim. Іosilga kirdi! O‘n donadan bo‘lsa ham meva beryapti.

— Tuppa-tuzuk bog‘bon ekansiz-u?

— Bobom bog‘bon bo‘lganlar-da, bolaligimda ularning qilayotgan ishlarini kuzatib, menda ham tabiatga, o‘simliklarga mehr paydo bo‘lgan, nazarimda. Mening bir orzum bor, kelajakda «Shirin bog‘lari»ni yaratmoqchiman.

— Niyatingizga yeting! Turmush qurish haqida ham o‘ylar bo‘lyaptimi?

— Farzandlarim bo‘lishini, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanishni o‘ylaganim sayin entikib ketaman. Jajji bolakaylarni ko‘rganimda, «Meni ham shunday bolajonim bo‘lsa edi», deyman.

— Og‘iz solayotganlar ko‘p-ku, atrofingizda yo tanlayapsizmi?

— Nomzodlar unchalik ham ko‘p emas (kulibsirab). Sababi, ko‘pchilik bizni Farhod bilan sevishganlar deb o‘ylaydi. Shungami og‘iz solishga ikkilanishsa kerak-da.

— Fotosessiya, kliplardagi obrazingiz turli xayollarga yetaklaydi-da. Buning ustiga, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz ham kun kelib «Farhod bilan o‘rtangizda nima bor edi» deya so‘roqqa tutishi mumkin.

 

— Bu juda qiyin masala. Negaki asliyatingizni o‘zingizdan bo‘lak hech kim yaxshi bilmaydi. Kimgadir «Unday emas, bunday edi», deb biror nimani isbotlay olmaysiz. Nima ham derdim, bu taqdir. Peshonamga yozgan insonning kimligini bilmayman-u, lekin ko‘ngliga shubha oralab, meni so‘roqqa tutganida, uni tushunishga va munosib javob qaytarishimga ishonaman. Chunki mening o‘zimga bo‘lgan ishonchim kuchli.

— Yaxshi. Ana endi «Yoqaversan» nomli qo‘shiqqa ishlangan klip haqida suhbatlashsak. Yana ilondan foydalanibsizlar?

— Ha! Bu ikkinchi martasi. Menga ilon bilan ishlash yoqadi. Bu jonivordan sira ham qo‘rqmayman. Inson nimani yoqtirishiga qarab uning tabiatini bilish mumkin degan, gapga mutlaqo qo‘shilmayman.

— Bu bejizga emasdir?

— Ilondan tashqari qarg‘alar yoqadi. Bu qush menga qish faslini eslatadi. Kichikligimda qor yoqqanida, bobomning bog‘lari oppoq gilam bilan qoplanardi. Keyin qop-qora qarg‘alar uchib kelib, tinmay «qag‘illashar»di. Ehtimol shu damlar xotirasidir, qarg‘alarni yoqtirishim.

— Ayrimlarning fikricha, bolalarcha beg‘uborligingiz asta yo‘qolib borayotgan ekan?..

— Bo‘lishi mumkin. Lekin o‘zimga sezilmayapti. Bilganim, yillar, insonning tashqi ko‘rinishidan-da ko‘proq uning nigohlariga ta’sir ko‘rsatadi.

— Sizni nima hayratga sololadi?

— Tushkunlikda yo biror muammodan qiynalgan odamlarga kimdir yordam berayotganini ko‘rsam, hayajonim ortadi. Yana ham yashagim keladi.

— «Yashagim keladi» degan jumlani ikkinchi marotaba aytyapsiz. Bu so‘zni hayotida qiyinchiliklarga duch kelgan, ortda qolganini sira unutolmaydigan insonlar ko‘p tilga olishadi.

— Haqsiz! Men haqimda «Yosh boshiga nima qiyinchilik ko‘ribdi» deyishlari mumkin, ammo sinovlar bunga qarab berilmaskan. Noliyapti demang-u, hayotimda ko‘rgan-kechirgan qiyin damlarim bo‘ldi, shukrki, ulardan o‘toldim. Biroq o‘tmishimni sira ham unutmayman! Nima bo‘lganida ham o‘sha damlarning ham o‘z gashti bor edi.

— Shirin, bugungi hayotingiz, ijod umuman o‘zingizdan qay darajada mamnunsiz?

— Shu kunlarga yetkazganiga shukr! Xursandman, sog‘-omonligimdan mamnunman.

— Hamisha shunday bo‘lsin!

— Aytganingiz kelsin.

Rostmi yoki yolg‘on:

— Tug‘ilib o‘sgan tumaningizda go‘zallik saloni ochganingiz rostmi?

— Yo‘q. Lekin tadbirkorlikni eplayman.

— Qaysidir to‘yda navbat talashayotgan ayol xonandalardan birining sochini yulib olgan ekansiz. Bo‘lganmidi shunday voqea?

— Hech qachon o‘zimni bu qadar yerga urmayman.

— Qomatingizni saqlab turish uchun sport zaliga qatnashingiz chinmi?

— ...shunaqa desa ham bo‘ladi.

Qaltis savol:

— Odamlar orasida eng ko‘p tarqalgan mish-mishlardan saralab olganimiz, sizni turmushga chiqqaningizu, ammo buni hammadan yashirishingiz haqidagi gap-so‘z ekan. Izohberasizmi?

— Oilam bo‘lsa qaniydi... Turmushga chiqqan degan gaplar asossiz. To‘yim bo‘lsa, buni hech kimdan yashirmayman.

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5703 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to'y, Shirin, Farhod va Shirin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное