Sharof Muqimov: “Ikki san’atkorning baxtli oila qurishi kam uchraydigan holat”
Xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovalar keyingi paytlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan san’atkorlar sirasiga kiritish mumkin.
Sharof Muqimov “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida ikki san’atkorning oila qurishiga salbiy munosabat bildirishini aytib o‘tdi:
“Ikki san’atkorning baxtli oila qurishi judayam kam uchraydigan holat, deb bilaman. San’atkorning ayoli avvalo unga ishonishi kerak. Muxlislaridan rashk qilib, bo‘lar-bo‘lmas janjal qilish bu oiladan fayzni ketkazadi. Oilaning mustahkamligi nafaqat erkakka, balki ayolga ham bog‘liq... Eru xotinning ajrashish uchun sabablar ko‘p. Lekin aqlli ayol mana shu sabablarga ko‘z yumib, oilasini saqlab qoladi”.
Avvalroq, Sevinch Mo‘minova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shaxsiy hayotiga aralashmaslikni so‘ragan edi.