Xonanda Sharof Muqimovning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan surat shov-shuvga aylandi. Suratda xonanda bir qiz bilan ko‘rish mumkin, surat ostidagi kommentlar esa «chiroyli juftlik!» qabilidagi fikrlarga to‘la.
Suratdagi qiz kim va uni Sharof Muqimov bilan nimalar bog‘lab turishini aniqlash maqsadida “Daryo” nashri xonanda bilan bog‘landi.
— Instagram’ga joylagan so‘nggi suratingiz qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Yoningizdagi qiz kim?
— Bu qizning ismi Munisa u muxlislarga Shahzodaning «Qo‘llar tepaga» qo‘shig‘iga ishlangan klipdagi ishtiroki orqali tanish. Munisa bilan yaxshi do‘st, suhbatdoshmiz. Yaqin kunlarda ikkimiz «Xayollaring olay» nomli qo‘shig‘imga ishlanadigan klipda birga rol ijro etmoqchimiz.
— Surat ostida kommentlarda ko‘pchilik: «Endi shu qizga uylanasizmi?», mazmunida javobsiz qolgan savollar yozib qoldirgan…
— Uylanish masalasiga kelsak, buni kelajakda kimga, qachon uylanishimni vaqt ko‘rsatadi. Munisa haqiqatan ham juda tarbiyali, oilasini ham, ishini ham o‘rniga qo‘yadigan qiz. San’atdagi ijodi bilan bir vaqtda katta qurilish kompaniyasidagi ishini ham bekamu ko‘st ado etib kelayotgan, nafaqat o‘z ishini, balki boshqalarning ishini ham hurmat qiladigan xodima. Uni juda ham hurmat qilaman, unga ishonish, ko‘ngildagi sirlarni bemalol aytish mumkin. Chunki u sir saqlashni biladi va og‘ir damlarda qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi.