Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Qirolicha - Stakan Version
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahnozabonuning qizi: “Xullas, deya-deya ayolning umrini yedilar
 

 

Joriy yilning 14 mart kuni taniqli xonanda Shahnozabonu og‘ir xastalik sabab 42 yoshida olamdan o‘tgan edi. Kuni kecha xonandaning yakkayu yolg‘iz qizi – Umidaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga onasinining suratini joylashtirib, unga qoldirgan izohi e’tiborimizni tortdi.

“Odamzod salgina og‘rib qolsa, dard cheksa, darhol onasini eslaydi. Hech bo‘lmasa “Oh, onajon!”, deb qo‘yadi. Nega shunday? Axir, onalarning hammasi ham shifokor emas-ku. Otasini, aka-opasini, hatto, turmush o‘rtog‘ini emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...

Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham “Ona!”, deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo‘lsa-da, kelolmasligini bilsa-da...

Ozroq tobimiz qochib, ko‘nglimizga qil sig‘may qolsa, onamizga qo‘ng‘iroq qilamiz: “Ona, mazam yo‘q...” Onamiz esa odati bo‘yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni (yupun kiyingansan, vaqtida ovqatlanmagansan va hakozo) aytib, koyiydi, tergaydi. Go‘shakni qo‘yamiz-u negadir yengil tortamiz. O‘nta dori berolmagan davoni onaning bir lahzalik kuyunishi, qayg‘urishi, mehri beradi goho. Xo‘sh, nega shunday?

Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham ham javob topolmasa kerak”.

Shahnozabonuning qizi Umidaning yozganlarini o‘qigan har bir kishining qalbida o‘z onasiga bo‘lgan mehr-muhabbati yanada jo‘sh urishi tayin. Umida bugun o‘ta og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazayotgani, atrofi to‘la suyanchiq, yupanch bo‘lishga tayyor odamlar bo‘lsa-da, ular orasidan onasini qidirayotganini yozganlaridan payqash qiyin emas. Uning kechinmalari sizning ham ko‘zingizni yoshlatishi tayin.

“Ayol jim bo‘ldi, soqov dedilar.
Ayol gapirdi, ezma dedilar.
Ayol kuldi yengiltak dedilar.
Ayol yig‘ladi, sharmanda dedilar.
Ayol ha dedi, ko‘ngli bo‘sh dedilar.
Ayol yo‘q dedi, manman dedilar.
Ayol kiyindi, olifta dedilar.
Ayol sevdi, nomussiz dedilar.
Erkak sevdi, erkakchilik dedilar.
Xullas, deya-deya ayolning umrini yedilar...”, deb yozadi onasining surati ostiga Umida



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10509 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahnozabonu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
аватар отсутствует Duris aytasin Umida
Like | 0
Nuriddin пишет: | 13.10.2016 | 21:08 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Onalarimiz biz farzandlarning baxtiga doim sog‘-omon bo‘lishsin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное