Shahnozabonu ijrosidagi Eng So‘nggi Tarona (Audio)
14 mart kuni erta tongda xonanda Shahnozabonu 42 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Mazkur xabar xonandaning muxlislari, hamkasblari va umuman hamma-hammani larzaga keltirdi.
Uni elga mashhur qilgan qo‘shiqlaridan biri “Qizalog‘im”ning muallifi, xonandaning qarindoshi aktrisa Ra’no Yarasheva u haqdagi xotiralarida xonanda ko‘plab musibatlarga bardosh berganini, ammo onasining vafoti Shahnozabonuni cho‘ktirib qo‘yganini aytib o‘tdi.
Xonandaning eng so‘nggi qo‘shig‘i ham onasiga bag‘ishlangan edi. “Mehringizdan aylanay” deb nomlangan qo‘shiq muallifi Bekpo‘lat Bahtiyor taronani “Qalampir.uz” nashriga taqdim etdi.
Xonanda bu qo‘shiqning musiqasini o‘zi bastalagan, unga klip ham suratga olishni rejalashtirgan edi. Ammo, ulgurmadi....
Quyida o‘z qo‘shiqlari bilan minglab qalblardan chuqur joy egallagan xonandaning eng so‘nggi qo‘shig‘ini tinglashingiz mumkin.