Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sentabr oxiriga borib dollar kursi ko‘tarilishi mumkin


Valyuta sotish hajmi kamligi sabab xorijiy valyuta kursi valyuta birjasida tushishda davom etmoqda.

Kursning holati faqat davlatga bog‘liq emas. Markaziy bankning ushbu jarayondagi vazifasi — faqatgina katta tebranishlarning oldini olishdan iborat.

O‘tgan haftadagi savdolarda Markaziy bank ham valyuta sotib olgan. Bu istiqboldagi savdolarni o‘ylab qilingan ish ekani Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Valyuta birjasida valyutani sotish taklifi sezilarli darajada ortgani sababli AQSh dollarining kursi tushmoqda. Fuqarolar tijorat banklarida sotmokda, eksportchilar ishlab topgan valyutani sotmoqda. AQSh dollarining kursi oy oxiriga qadar tushishda davom etishini taxmin qilish mumkin.

Biroq Markaziy bank raisi o‘rinbosari oy oxiridan boshlab kurs yuqorilashi ham kutilayotganini aytdi. Buni korxonalar o‘z ustav kapitali va hisob raqamini valyuta sotib olish uchun milliy valyutada to‘ldirayotgani bilan asoslash mumkinligi ta’kidladi.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10978 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘tarilishi mumkin, dollar kursi, sentabr, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное