Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Senatorlar to‘y-hashamlarni tartibga soluvchi qarorni qabul qilishdi


Senat “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror qabul qildi.

2018 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalasini ko‘rib chiqdilar.

Oilaviy tadbirlarni tartibga solish jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bois, aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olib, mazkur masalani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni mukammal ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Senatnng ushbu qarori bilan:

- to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi;

- Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib ushbu masalaning OAV, shu jumladan internet nashrlarda faol muhokama qilinishini tashkil etish, mamlakatimizning har bir hududida oilaviy tadbirlarni o‘tkazish borasida shakllangan o‘ziga xos urf-odat va an’analarni aholi ishtirokida chuqur o‘rganib chiqishdan iborat deb belgilandi;

- Ishchi guruhga muhokamalar yakuni bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish va loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish topshirildi.

Shuningdek, Senatning ushbu qarori bilan tegishli davlat va nodavlat tashkilotlariga to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganib, Ishchi guruhga asoslantirilgan taklif kiritish topshirildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatining Axborot xizmati xabar bergan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6303 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaror, to‘y-hasham
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное