Andijon shahri davlat soliq inspeksiyasining buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan reyd tadbirida Asaka tumani Sarbontepa mahallasida yashovchi fuqaro Furqatbek Qosimov to‘y marosimida xonandalik xizmati uchun 500 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ygan.
Andijon shahri Sultonjo‘ra mahalalsi Shoxruxmirzo ko‘chasida yashovchi fuqaro Umidbek Zafarov to‘y marosimida xonandalik xizmati uchun 300 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.
Andijon tumani Xortum mahallasida yashovchi fuqaro Rasuljon Mamajonov xonandalik xizmati uchun 200 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ygan.
Ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzildi.
Prezidentning 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida “Tovar (ish va xizmat)lar uchun to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi... tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.”