5-dekabr, payshanba kuni soat taxminan 14:51 da Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobilning motor qismi va salon qismi yonib ketgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1951-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Bahromovga tegishli avtomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand shahar YXB xodimlari yong‘in joyiga soat 14:55 da yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.