Salmon Xon jajji muxlisiga nisbatan odamgarchilik qildi
Syuzan ismli qizaloq ko‘zida yosh bilan Salmon Xonga video maktub jo‘natdi.
Bollivud yulduzlari orasida bolajon aktyorlar talaygina. Hindiston ommaviy axborot vositalari orqali bollivudning mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan, kuni kecha 50 yoshni qarshi olgan Salmon Xonning bolalarga bo‘lgan muhabbati haqida qator ma’lumotlar, yangiliklar chop etilgan. Yaqinda u ana shu mehr-muhabbatini yana bir bor isbotladi.
Salmon Xonning bolalar bilan suratga tushgan “Bajrangi aka” filmi ko‘plab bolalarda unga nisbatan mehr uyg‘otdi. Xususan, Salmon Xonni juda yaxshi ko‘rishini, u bilan ko‘rishish eng katta orzusi ekanini aytib shiringina Syuzan ismli qizaloq ham ko‘zida yosh bilan unga video maktub tayyorlaydi. Youtube'ga joylashtirilgan video nafaqat ommaning balki Salmon Xonning ham e’tiboriga tushdi. Ajoyib videoni tamosha qilgan rejissyor Kabir Xon Youtube'dagi Syuzan ishtirokidagi videoni Salmonga ko‘rasatadi. U esa elektron pochta orqali Syuzanning ota-onasi bilan bog‘lanadi va Syuzan uchun maxsus maktub yozib, u ham Syuzanni yaxshi ko‘rishini aytadi.
Shundan so‘ng, aktyor kichik muxlisi uchun Dehlidan Mumbayga sayohat uyushtiradi. U Syuzan bilan “Sulton” filmini suratga olish ishlari vaqtida uchrashdi va uzoq suhbat qurdi. Uchrashuv so‘ngida u Syuzanga maxsus sovg‘a hadya etdi.