Salmon Xon hech kimga muxlis emas, biroq Govindaning fonati!
Inernet nashrlarida Salmon Xonning ana shu e’tirofi bilan bog‘liq ma’lumotlar birin-ketin chop etilmoqda. Jurnalistlarga bergan intervyusida u o‘z e’tirofini quyidagicha izohlaydi.
“Bir kuni Chichi (Govindaning yaqinlari, do‘stlari uni shunday atashadi) bilan Marine Lines yonidagi mehmondorchilikka bordik. Mashinada o‘tirgan chog‘imiz, yonimizga bir to‘da bolalar kelib, Chichiga bo‘lmag‘ur gaplarni gapira boshlashdi. Govindaning jahli chiqib, ularning ortidan borishimizni so‘radi. Ancha yo‘lgacha bolalarni ng ortidan bordik, shunda Chichi birdan “Senlarning onalaring, mening ham onam”, deb baqirdi. Yo‘lida sobit ketayotgan bolalar birdan joylarida to‘xtashdi va yonimizga kelib qilgan ishlari uchun uzr so‘rashdi. Chiz birgalikda suxbatlashdik, raqsga tushdik, keyin esa mashinamizga o‘tirib, yo‘limizda davom etdik. Chichi bir og‘iz so‘z bilan o‘sha bolalarda vatanga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otdi nazarimda, shu sababli unga ihlosim baland. Men hech kimga muhlis emasman, biroq Govindaning chinakam fanatiman, uning mendanda buyukroq aktyor ekanini bilaman va buning uchun uni kechiraman (hazil)”...