Ayni kunlarda Rossiyaning bir qator hududlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.
Jumladan, Irkutskda bir necha kundan buyon kuchli qor yog‘moqda. Hozirda harorat selsiy shkalasi bo‘yicha minus 32, ayrim joylarda esa minus 40 gradusgacha tushib ketgan. Ko‘chalarda transport qatnovi sezilarli darajada sekinlashgan. Favquloda vaziyatlar vazirligi odamlardan iloji boricha ko‘chada kamroq bo‘lishni va uzoq safarlarga chiqmaslikni so‘ramoqda. Sovuqharorat hukm surayotgan bo‘lishiga qaramay, odamlarning kayfiyati bayramona.
– Bu holat bizni unchalik tashvishlantirmayapti, chunki Yangi yil bayrami yaqin, – deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.