Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada 6 apreldan beri birinchi marta maksimal darajadagi COVID holati aniqlandi
Rossiyada 6 apreldan beri birinchi marta maksimal darajadagi COVID holati aniqlandi

Ko‘p holatlar - Moskva, Sankt-Peterburg va Moskva oblastida. Kasallik sonining ko‘payishiga «omikron» shtammining yangi subvariantlari tarqalishi sabab bo‘lmoqda.

Rossiyada bir kunda 14 638 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu 6 apreldan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bir kun avval qayd etilganidan 5 078 taga ko‘pdir. Bir kun avval, 2 avgust kuni COVID-19'ning 9 560 ta yangi holati aniqlangan edi. Bu haqdagi xabar 3 avgust, chorshanba kuni Telegram’dagi «Stopkoronavirus.rf» kanalida e’lon qilindi. 

Kovid infeksiyasi yangi holatlarining eng katta o‘sishi Moskvada qayd etildi (plyus 5 720, 20 fevraldan beri maksimal ko‘rsatkich). Undan keyin - Sankt-Peterburg (plyus 1 781 ta holat) va Moskva oblasti (plyus 906 ta holat). 

Kasalxonaga yotqizilganlar soni 2 038 nafarni tashkil etdi, bu 2 avgustga nisbatan 3,9 foizga ko‘p. O‘tgan sutka davomida 43 kishi COVID-19 ta’siridan vafot etdi. 

Yozda COVID-19 bilan kasallanish xavfi ortdi. Buning sababi «omikron» shtammi yangi subvariantlarining tarqalishidir.



Manba:Kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 735 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Birinchi, Rossiyada, darajadagi, covid, holati, marta, beri, maksimal, apreldan, aniqlandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное