6 yanvar kuni Rossiya rubli kursida pasayish kuzatildi.
Ma’lum qilinishicha, dollar o‘zining yillik eng maksimum narxini tashkil qilgan va 1 dollar 74 rubldan ortiq qiymatni tashkil qilmoqda. Dollar kursi oxirgi marta 2014 yilning 16 dekabr kunida 74 rubldan baland bo‘lgan va birdaniga 80 rublga yetgandi.
Evro 79,5 rublgacha (yozdan buyon maksimal ko‘rsatkich) oshdi.
Moskva birjasida dollarga nisbatan kurs 74,03 rublgacha, 1 yevro esa 79,48 rublgacha oshgan.
Bu jarayon neft narxining tushishi fonida ro‘y berdi. Neftning Brent markasining bir barreli birja savdolarida 35,59 dollarga baholanmoqda va bu oxirgi 11 yillikdagi eng past ko‘rsatkich.