Rossiyada shu yilning fevral oyidan beri dollar kursi ilk marta 67 rublga ko‘tarildi. Bu haqda Moskva birjasi ma’lumotlari darak beradi.
Moskva vaqti bilan soat 10:07da dollar kursi 45 kopeykaga o‘sib, 67,05 rublga yetgan.
O‘z navbatida, yevro kursi 58 kopeykaga qimmatlab, 74,69 rublni tashkil etmoqda.