Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya banki dollar va yevro kursini keskin tushirib yubordi

AQSh dollarining 20 aprel kuni uchun belgilangan rasmiy kursi 65,65 rublni (-2,62 rubl) tashkil etmoqda. 1 yevro esa, 74,37 rublga (- 2,76 rubl) teng qilib belgilangan. Bu haqda Rossiya markaziy banki saytida xabar qilingan.
Moskva birjasida esa, bir dollar 65,57 rubl, Yevropaning yagona valyutasi 74,33 rubldan sotilmoqda. Rossiya pul birligi neft narxining o‘sayotganiga bog‘liq ravishda mustahkamlanib boryapti.
Brent markali neftning bir barreli Londonning ICE Futures birjasida 43,47 dollardan sotilmoqda.
Kuvayt neft sanoati ishchilari ish tashlashni boshlagani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, neft narxi ko‘tarila boshladi, deb xabar qilmoqda «Interfaks». Ushbu ish tashlash, neft bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar energetika vazirlarining Dohadagi uchrashuvi samarasiz yakunlangach, neft bahosi tushib keta boshlagan edi.
Kuvaytdagi ish tashlashda neft sanoti vakillarining 40 foizi qatnashmoqda. Shu munosabat bilan neft qazib olish ko‘rsatkichi 60 foizga qisqarib, kuniga 1,7 million barrelni tashkil etmoqda.
12 aprel kuni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov, neft narxi ko‘tarilgudek bo‘lsa, rubl kursini past ushlashga va’da bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati yangi byudjet qoidasi ishlab chiqqan. Endilikda, neft narxi ko‘tarilsa, barcha qo‘shimcha daromadlar zaxira jamg‘armalariga olinadi.
 


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2906 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar, rubl, Rossiya banki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное