Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Respublika valyuta birjasi savdolarida AQSh dollarining kursi oshdi


Avvalroq 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini ma’lum qilgani va unga ko‘ra 1 AQSh dollari 8060 so‘m 80 tiyin qilib belgilangani haqida xabar bergan edi.

Bugun, 5 oktyabrdagi birja savdolarida AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan kursi 2 so‘mga ko‘tarildi.

Kecha, 4 oktabr kungi savdolarda birja kursi 8049,00 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, bugun O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida AQSh dollarining yangi qiymati 8051,00 so‘m qilib belgilandi.

22 sentabr kuni ham birja savdolarida AQSh dollari kursining oldingi kundagiga qaraganda 3 so‘mga qimmatlashgani hamda 8069 so‘m etib belgilan edi.

Valyuta birjasi savdolarida AQSh dollari kursi 8100 so‘mdan 8049 so‘mga qadar tushishi kuzatildi. Biroq bu kursning birja savdolarida faqat tushishini anglatmaydi.

Ko‘plab tadbirkorlar AQSh dollarini sotib olish uchun milliy valyutada mablag‘ to‘plaganlarini — valyuta sotib olishga talab oshganining sababi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Tijorat banklarida naqd xorijiy valyuta tez orada yo‘lga qo‘yilishi va buning uchun Markaziy bank tomonidan ko‘rsatma berilishi — AQSh dollari kursining oshishiga sabab bo‘lishi turgan gap.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3703 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное