Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - All I want
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Zerda - Soundtreck
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

«Real”ning eng oson sovrini. Madridliklar piyoda yurib Superkubokni qo‘lga kiritdi
 
Yevropa Ligasi g‘olibi «Ayntraxt” Chempionlar ligasi triumfatoriga aytarli qarshilik ko‘rsata olmadi.

UYEFA Superkubogi. 10 avgust (chorshanba)
Real Madrid – Ayntraxt Frankfurt - 2:0
Helsinki, «Olimpiya” stadioni.
Gollar: 1:0 – 37 Alaba, 2:0 – 65 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 85), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Rodrigo, 67), Kroos (Tchuameni, 85), Kazemiro, Valverde (Kamavinga, 76), Benzema, Vinisius Junior (Sebalyos, 85).
Ayntraxt F – Trapp, Ture (Alario, 70), Ndika, Tuta, Lens, Rode (Gyotse, 58), Sou, Kamada, Lindstrem (Kolo-Muani, 58), Knauff, Borre.
Ogohlantirish: Alario (90).

62 yil o‘tib

UYEFA Superkubogi ko‘rgazmali sovrin sifatida qolmoqda, shu tufayli bu o‘yinlardan hamisha ochiq va tomoshabop futbol kutishadi. «Real” va «Ayntraxt” o‘yini arafasida esa alohida gollar yomg‘irini kuta boshlashdi — hammayoqda shu raqiblar o‘rtasida 1960 yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionlari kubogi o‘yinidagi anomal hisob qayd etilgan skrinshotlar tarqaldi. O‘shanda madridliklar 7:3 hisobida g‘alaba qozonishgan. Ferens Pushkash pokerni rasmiylashtirgan, Alfredo Di Stefano esa — het-trik.

62 yil o‘tib ko‘p narsa juda o‘zgarib ketdi. Ammo hammasi emas. Masalan, «Real” o‘tgan asr o‘rtalaridagi kabi tez-tez asosiy yevrokuboklar finallarida ustun keladi, garchi boshqa 7:3 hisobi qayd etilmagan bo‘lsa-da. May oyida Vinisiusning birgina aniq zarbasi «Qirollik klubi”ga «Liverpul”ga qarshi YECHL finalida g‘alabani taʼminlagandi.

«Ayntraxt” esa — anchadan buyon Yevropa eshelonining ikkinchi yoki uchinchi darajasi vakiliga aylanib qolgan. Ochig‘ini aytish kerakki, nemislar klubi tufayli Superkubok anshlag hosil qila olmadi. Frankfurt jamoasi ham sovringa munosib edi, klub Yevropa Ligasi g‘olibligi yo‘lida qator nomdod raqiblarni mag‘lub etdi. Ammo «Barselona” chorakfinalda aynan «Ayntraxt”ga yutqazib chiqib ketmaganida va finalga yetib borib, kubokni qo‘lga kiritganida Helsinkidagi Superkubok arafasidagi ajiotaj qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. UYEFA Superkubogida klasiko! Finlandiyaning sokinlikka cho‘mgan poytaxti shu kuni do‘zax qozonidek qaynagan bo‘lardi.

Turli vazn toifasidagi raqiblar

Ammo bu finalda ham intrigalar yetarli edi. Masalan, «Real” UYEFA Superkubogida g‘olib bo‘lish bo‘yicha yetakchi ikki jamoa — «Barselona” va «Milan”ga yetib olish uchun o‘ynashi mumkin edi. Karlo Anchelottida esa turnir tarixidagi eng sovrindor murabbiy maqomini qo‘lga kiritish imkoni yuzaga kelgandi. Shu bilan birga, madridliklar yozgi tanaffusdan keyin final o‘yiniga yuz foiz tayyor holatda deyish qiyin edi. Anchelotti Parijda YECHL g‘olibligi uchun «Liverpul”ga qarshi o‘ynagan tarkibni tushirishga qaror qildi.

«Real” uchun bu mavsumdagi ilk rasmiy o‘yin bo‘lsa ham, yaqqol favorit sanalardi. Ammo mavsumga kirishib olish degani hamisha ham plyus bo‘lavermaydi. «Ayntraxt” esa Superkubok o‘yiniga qadar ikkita rasmiy uchrashuv o‘tkazdi: Germaniya Kubogida quyi liga vakili «Magdeburg” tor-mor etildi, Bundesliganing 1-turida «Bavariya”dan tor-mor bo‘ldi — 1:6. Bu ham yetmaganday, ispanlarga qarshi o‘yin arafasida jamoa yetakchilaridan biri Filip Kostich «Yuventus”ga ketayotgani maʼlum bo‘ldi. Serbiyalik hujumkor yarimhimoyachi juma kuni myunxenliklarga qarshi o‘yinda maydonga chiqqandi, endi esa Turinga qochib ketayozdi, bundan esa sobiq jamoasi karaxt holatga tushdi.

Alabaning goli

Bir tomonda — klass va xotirjamlik, ikkinchi tomonda — nisbatan kuchsiz tarkib va negativ fon. Bunday vaziyatda «Real” «Ayntraxt”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini kutish qiyin edi. Katta ehtimol bilan shu tufayli o‘yin starti lanj kechdi. Madridliklar maydon bo‘ylab piyoda sayr qilishdi va diqqatni bir joyga jamlashga harakat ham qilmadi. Anchelotti jamoasining faqatgina 14-daqiqaga kelib kuzatilgan pozitsion xatolar uyg‘otdi, bu vaqtda «Ayntraxt” forvardi Daiti Kamada Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaga jiddiy xavf soldi. Lekin ko‘p o‘tmay «Real” xavfli hujum uyushtirdi — Vinisiusning zarbasidan keyin to‘pni darvoza chizig‘i oldida Tutu to‘xtatib qoldi. Yaʼni qaymoqranglilar o‘yinga faqat o‘zlariga nish urilganidan keyingina qo‘shildi.

«Real” taktika nuqtayi nazaridan ham hayron qoldirmadi: hujum vaqtida klassik 4-3-3 va to‘psiz harakatlanishda 4-4-2. To‘g‘ri, «Ayntraxt” ko‘p vaqt davomida to‘pga egalik qilib turganida Federiko Valverde o‘zining o‘ng qanotida ancha orqaroqda harakat qildi — bu orqali YECHL g‘oliblari himoya chizig‘i besh himoyachidan iborat ko‘rinishga keldi. Ammo Valverde nega bunday qilgani tushunarsiz — chunki Frankfurt jamoasi chap qanoti qiroli bo‘lgan Kostich Helsinkiga uchmagandi ham.

«Ayntraxt” bosh murabbiyi Oliver Glazner ham hech narsa bilan hayratga sololmadi — nemislar quyi blokda uch markaziy himoyachi bilan himoyalandi va faqat qarshi hujumlar hamda standart vaziyatlarga umid qildi. Faqat bu samara bermadi. «Real” esa uchinchi burchak zarbasidan keyinoq hisobni ochdi, bu vaziyatda Frankfurt vakillari o‘ta yomon harakatlanishdi — gol muallifi David Alaba bir necha metr masofadan turib mutlaqo qarshiliksiz bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.

Navbatdagi sovrin

Hisob 1:0 ko‘rinishiga kelgach «Real” tinchlandi, shu bilan birga ikkinchi bo‘limda nemislar jamoasini ochilishga majbur qildi. Glazner tayanch yarimhimoyachisi Sebastyan Rodeni o‘yindan oldi va Mario Gyotseni tushirdi, ammo bu o‘zgarish «Real” foydasiga ishladi. «Ayntraxt”da chiziqlar orasida katta bo‘shliq yuzaga keldi, ayniqsa jarima maydoni atrofi ochilib qoldi va bu ikkinchi golga olib keldi. Bu gol juda oson urildi: Vinisius odatdagi kabi qanotdan yorib kirdi va 11 metrlik nuqta atrofida turgan Benzemani to‘p bilan taʼminladi. Frankfurt jamoasida hech kim bu hujumni o‘qiy olmadi, darvozabon Kevin Trapp esa o‘ziga qarata yo‘llangan oson zarbani o‘tkazib yubordi.

Benzema uchun bu ahamiyatli gol bo‘ldi. Birinchidan, fransuz «Real”ning doimiy sardori sifatida ilk bor darvozani ishg‘ol etdi. Ikkinchidan, «Qirollik klubi” safidagi gollari sonini 324 taga yetkazib, Raulni ortda qoldirdi. Oldinda faqat 450 gol bilan Krishtianu Ronaldu joylashgan.

2:0 hisobi barchani tinchlantirdi. Helsinki arenalarida hushtakbozliklar boshlanib ketdi — tomoshabinlarga passiv va sekin futbol yoqmasdi. Ularni tushunish mumkin — Finlandiyaga jahon darajasidagi yulduzlar juda kam kelishadi, ulardan yorqinroq o‘yin kutishgandi. Bu o‘yin tarixga kirmasligi tayin, ammo «Real”ning sovrinlar xonasi yana boyidi. 

«Real” bu turnir o‘tkazib kelinayotgan 50 yil ichida beshinchi bor  UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi (2002, 2014, 2016, 2017, 2022) va «Barselona” hamda «Milan” rekordini takrorladi.

Karlo Anchelotti o‘zining unikal yutuqlariga (barcha top-5 ligalar chempionligi va Chempionlar ligasida to‘rt bor g‘oliblik) yana bittasini qo‘shib qo‘ydi: italiyalik murabbiy Superkubokni to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi, ikki bor «Milan” bilan (2003, 2007) va ikki bor «Real bilan (2014, 2022). U bunday sovrindan uchtasi bor Xosep Gvardiolani ortda qoldirdi.

Benzema «Real” bilan 23-sovrinini qo‘lga kiritdi hamda Serxio Ramosni (22) ortda qoldirib, Fransisko Xento bilan tenglashib oldi. Rekord — YECHL finalidan keyin klubni tark etgan Marseloda (25).


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 737 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yurib, sovrini, «Real”ning, qo‘lga, piyoda, eng, oson, kiritdi, Madridliklar, Superkubokni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное