O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ayni paytda Turkiyada hordiq chiqarmoqda.
Xonanda dam olishga farzandalari Islom va Imronni ham olib ketgan. Rayhon Instagram orqali muxlislariga dam olish qay tarzda o‘tayotgani haqida ma’lumot berib bormoqda.
Xonanda suratlarining har biriga alohida falsafiy ma’nodagi izohlar qoldirmoqda. Ulardan biriga Rayhon “Hech qachon o‘zingizni o‘tmishingiz uchun koyimang, siz shunchaki baxtli bo‘lishga uringansiz”, deya fikrlarini yozib qoldirdi. Xonandaning muxlislari bu fikrlarning to‘g‘ri ekanligini ta’kidlab, inson hamisha oldinga qarab intilishi kerakligini yozib qoldirgan.
Darhaqiqat, shunday so'zlar yozadiki, insonni orzusiga intilib yashashga umuman juda yaxshi ibratli so'zlar yozib qoldiradi xonanda! Farzandlarini biz muhlislarin baxtiga doimo sog'-omon bo'lsin!