Ma’lumki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon o‘zining navbatdagi shou dasturiga katta tayyorgarlik olib borayotgan edi. 19 fevral kuni ushbu konsertga start berildi. 5 kun mobaynida "Istiqlol" san’at saroyida o‘z muxlislarini xursand qilishni niyat qilgan xonanda konsertining ilk kuni fayzli o‘tdi. Dastur davomida u olti xil obrazda namoyon bo‘ldi. Konsertda yangi qo‘shiqlar bilan birga, repertuaridagi sara taronalar, duetlar ijro etildi. Uning raqclari har yilgidek, muxlislarini maftun qildi. Konsertda Rayhon Farrux Zokirov, Ziyoda, Ravshan Namozov, Jahongir Poziljonov bilan duet kuyladi. Zulayho Boyxonova bilan birga kuylagan qo‘shiqqa esa milliy raqsni maromiga yetkazib ijro qildi. Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni boshlangan konsert 23 fevral kuni yakunlanadi.
Afsus konsertga tusha olmadik! Menimcha juda qiziqarli va kreativ darajada o'tgan bo'lsa kerak! Ha mayli Rayhon opa omad yor bo'lsin! Sizdan ancha olisdaman shunda ham, chin yurakdan omad tilab qolaman