O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zining yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko`rish bilan birga turli internet nashrlarga shov-shuvli intervyular berishga ham ulgurmoqda. Xonandaning navbatdagi oshkora suhbati “Shok.uz” sayti uchun bo`ldi. intervyu davomida Rayhon shaxsiy hayoti va ijodiga daxldor ko`plab savollarga javob berdi.
Sayt muxbirining “Lola bilan janjallashgan ekansiz?” qabilidagi savoliga Rayhon quyidagicha javob berdi:
“Yo`q, shunchaki Lola bilan yo`llarimiz ayro tushdi. U bilan gaplashmay qo`ydik. Aslida biz hech qachon do`st bo`lmaganmiz. Manzura bilan urishib, janjallashib qolganimiz haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Aslida esa Manzura bilan o`rtamizda hech narsa bo`lmagan. Biz shunchaki hamkasblarmiz. Biz do`st yoki dugona emasmiz. Biz biron joyga birga bormaymiz. Men ularni tug`ilgan kunlarga taklif qilmayman. Ya`ni biz shunchaki bir soha vakillarimiz. Men ularga hurmat bilan munosabatda bo`laman, biroq bu do`stlik emas.
Lola bilan o`rtamizda hech qanday ziddiyatli vaziyatlar bo`lmagan. Shunchaki bizning o`rtamizda masofa bor”.
Ma`lumot uchun, Rayhon va Lola ijrosidagi “Ko`nikmadim” dueti keskin tanqidlarga sabab bo`lgan edi.