O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotgani haqida xabar bergan edik. Ularning nikohi munosabati bilan o`tkaziladigan amru ma`ruf 5 noyabrga belgilangan.
Bugun Rayhon bilan hamkorlikda ishlovchi ijodkor Yakzon o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Rayhonning oq ko`ylak ya`ni kelinlik libosidagi suratini joyladi. Mazkur suratga Prisma dasturi yordamida ishlov berilgan. Yakzon mazkur suratda aynan Rayhon aks ettirilganini ma`lum qilmagan, biroq kelin libosidagi qiz Rayhon ekanligi seziladi.
Rayhon poytaxtdagi to`y liboslari salonidan kelin ko`ylak tanlamoqda. Demak, Rayhon va Farhod Alimovlarning to`ylari tez kunlarda bo`lib o`tadi.
“Tarona.net ” sayti tahririyati nomidan ularga baxt tilaymiz!