Rayhon yangi turmushidan avval Yigitalining oldidan o‘tdi
Boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhon nikohdan o‘tish arafasida sobiq turmush o‘rtoqlarining oldidan o‘tgan. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Avvalroq Farhod Alimov va Rayhon nikohdan o‘tgani, shu munosabat bilan 5 noyabr kuni amru-ma’ruf sifatida osh berilayotgani haqida xabar berilgan edi. To‘y qachon bo‘lishi hozircha noma’lum.
“Har ikki tarafning sobiq turmush o‘rtoqlari bilan munosabatlari allaqachon rasman uzilgan. Ularning boshqa yangi munosabatlari mavjud bo‘lsa ham, [Rayhon va Farhod] bu yangi turmushi haqida ularning oldidan o‘tgan va barchasi o‘zaro rozilik natijasida bo‘layotgani ma’lum”, — deyiladi xabarda.