Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi(Foto)
2017 yilning 15 martidan boshlab Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalarga o`rnatilgan 883 ta kuzatuv kameralari qoidabuzarliklarni qayd etib, ularga nisbatan jarima solish tizimi ishga tushirilgani barchaga ma`lum.
O`zbek san`ati vakillari ham mazkur jarimalardan chetda qolishmayapti.
Kuni kecha jarima maktubi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaga ham etib bordi.
“Menga ham baxt maktubi etib keldi”, deb yozadi Rayhon. Rayhon xeshtegda belgilaganiga qaraganda, jarima xati Rayhonga tezlikni oshirganligi uchun kelgan.