Rasman: Magistraturaga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbbusi bilan, Davlat komissiyasi 1-sonli bayoni bilan quyidagilar tasdiqlandi: 2020 yil 25 iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi. Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.