The Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, dunyodagi eng go‘zal qizaloq rossiyalik Anastasiya Knyazeva ekanligi mutaxassislar tomonidan qayd etildi.
Qizaloq rostdan ham qo‘g‘irchoq kabi tashqi ko‘rinish va katta moviy rang ko‘zlarga ega.
Anastasiya allaqachon modellik faoliyatini boshlab yuborgan bo‘lib, Instagram sahifasida 500 mingga yaqin kuzatuvchilari bor.
O‘tgan yilda esa “Eng chiroyli qizaloq” nomiga fransiyalik Tilan Blondo loyiq ko‘rilgan edi. U ayni shu sovrinni qo‘lga kiritgan paytida 6 yoshda bo‘lgan.
Bundan tashqari, Anastasiya Vogue agentligining “Eng yosh modeli” sovriniga loyiq ko‘rilgandi.