Maqtang!
Sabab: Sevgan insonini yo‘qotishdan qo‘rqish. «Agar u meni tashlab ketsa, hech kimga kerak bo‘lmay qolaman», deb hisoblaydi va tashlab ketmasliklarining chorasini oldindan ko‘rmoqchi bo‘ladi.
Yechim: Bu toifa kishilarning o‘ziga ishonchini oshirish kerak. Ya’ni uning dunyodagi eng mehribon turmush o‘rtoqligini aytib, maqtab turilsa, rashk xuruji chekinadi. Ularning ataylab rashkini keltirish yaramaydi, unutmang.
Ochiqcha gaplashing!
Sabab: Arzimgan narsada ham xiyonat soyasini ko‘radi. Na ishonadi, na tinch qo‘yadi. Har daqiqada noroziligini bildirib turish u uchun odatga aylangan.
Yechim: Ochiqchasiga gaplashib oling, uning shubha-gumonlari siz uchun xaqoratomuz tuyulishini tushuntiring. Lekin eng asosiysi, o‘zingiz ham uning rashk qilishi uchun sabab bo‘la oladigan vaziyatlarga tushmaslikka harakat qiling.
E’tiboringizni qizg‘anmang!
Sabab: Juftingizning sizga bee’tiborligi yoki sizning unga befarqligingiz.
Yechim: Hamisha sevgan insoningizning e’tiborida bo‘lishga erisha olish katta san’at va yutuq! Faqat oshirib yuborilmasa bo‘lgani. Bu e’tibor rashk asorati sifatida nazoratu shubhaga aylanib qolmasin tag‘in?!
Sukut saqlang!
Sabab: Beruxsat qilingan kichkina ishni ham o‘ziga qarshi ko‘tarilgan isyondek qabul qiladi. Bo‘ysindirish uchun tilini qisiq qiluvchi bahonalar qidirishdan charchamaydi.
Yechim: O‘zingizni oqlashga urinmang. Bu janjalni avj oldiradi. Jim eshitib, bir-ikki kun o‘tgach, vaziyatga oydinlik kiriting.
Qasdma-qasd ish tutmang!
Sabab: Zerikish, maqsad yo‘qligi, ishsizlik (ayniqsa, erkaklarda) behuda rashkka sabab bo‘ladi.
Yechim: Avvalo xizmatlaringiz, topayotgani pulingiz, ishdan charchashingizni minnat qilmang. Turmush o‘rtog‘ingizni ruhlantiring. U bilan kelajak haqida rejalar tuzing. Bu bilan uning ishonchini oshirasiz.