Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qaqnus - Soundteck (korea)
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Ramazonning oxirgi kunini qanday o‘tkazish kerak?

Mana, navbatdagi muborak Ramazon oyi nihoyasiga yetib bormoqdi. Muborak oy tugayapti, ammo bizning ushbu Ramazonga rejalashtirgan ko‘plab xayrli ishlar bajarilmay qoldi. Keyingi Ramazongacha yashaymizmi yoki yo‘qmi, Allohga ayon.

Mo‘min kishi uchun Ramazonning tugashi bir vaqtning o‘zida qayg‘u va quvonch bilan bog‘liq. U bir tomondan yaqinlashib kelayotgan Ro‘za hayitidan ulkan quvonchni his qilsa, boshqa tarafdan yilning eng yaxshi oyidan ajralayotganidan xafa bo‘ladi.
Agar oyning oxiriga qadar yaxshi amallaringiz ko‘zingizga kamroq ko‘rinsa, hech bo‘lmaganda Ramazonning oxirgi kunini foyda bilan o‘tkazishga harakat qilishingiz lozim. Bu kunda mo‘min iloji boricha ko‘proq ibodat qilishi kerak. Shunday tariqa, u ketayotgan oyning sharofatiga ko‘proq ega bo‘lish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Bu oyda Alloh taolo bandalariga cheksiz ne’matlarni yuboradi, ular orasida mag‘firat va mamnuniyat bor. Agar mo‘min chinakamiga harakat qilsa, hech bo‘lmaganda tark etayotgan Ramazonni oxirgi kunida Rabbining afv va mag‘firatiga noil bo‘lar, insha Alloh. 
Ramazonning oxirgi kechasini ibodat bilan o‘tkazish juda muhimdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ibodat bilan jonlantirardilar va bizni bu ishga undaganlar, chunki o‘sha kechadagi ibodat uchun katta mukofot va’da qilingan.
Ramazonning oxirgi kechasi mag‘firat kechasidir. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro‘zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning elchisi, u Qadr kechasimi?», deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin ishchi ishini ado etganidan so‘ng ajri – haqi to‘la qilib beriladi», dedilar. Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Bu imonli kishi uchun Rabbining roziligiga erishish uchun ajoyib imkoniyatdir. Fursatdan foydalanib, u ushbu kechada imkon qadar ko‘proq ibodat qilib, ehtiyojlari va istaklarini so‘rab duo qilish maqbul amaldir.
Imom Navaviy o‘zining "Al-Majmu’ sharhul-muhazzab" kitobida bu haqida quyidagilarni yozadi:
"Bizning mazhabimizning taniqli ulamolari, har ikki kechada ham (Iydul-Fitr va Iydul-Azho) ibodat qilish, namoz o‘qish va boshqa ibodatlarni ado etishni tavsiya etadilar.

Imom Shofeiy va Ibn Moja keltirgan hadisda Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallam dedilar:
مَنْ قَامَ لَيْلَتَيْ الْعِيدَيْنِ مُحْتَسِبًا لِلَّهِ تَعَالَى لَمْ يَمُتْ قَلْبُهُ حِينَ تَمُوتُ الْقُلُوبُ
"Kimki Alloh taologa chin dildan savob umidida ikki hayit kechalarini ibodat bilan bedor o‘tkazsa, qalbi hech qachon o‘lmagay".
Ramazonning oxirgi kuni muborak oy bilan vidolashuv kuni, shuning uchun har birimiz bu kunda ko‘p savobli ishlarni qilishga harakat qilishimiz va vaqtni behuda sarflamasligimiz kerak. Chunki aks holda katta mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy beramiz. Ertasi kuni bizda bunday imkoniyat bo‘lmaydi. 
Shuningdek, bayram oqshomiga alohida e’tibor berishga arziydi. Bu musulmonlar uchun ulug‘ kecha – quvonch va ibodat kechasi. Ro‘za oxirida barcha mo‘minlar o‘z oilalari bilan xursand va xushhol bo‘lishlari kerak. Bu kecha va keyingi kunni buyuk xursandchilik, samimiy zavq va muborak oydagi buyuk hadyalari uchun Qodir Allohdan minnatdorlik ruhida o‘tkazishimiz lozim.


Manba:aniq.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 3773 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qanday, oxirgi kuni, o‘tkazish kerak, Ramazon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное