Ramazon oyining boshlanishi sanasi rasman ma’lum qilindi
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida qabul qilingan ushbu qarorda 2019 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lum qilindi.