Ramazon oyida “Umar ibn Xattob” serialini efirga uzatadi
Milliy telekanali Ramazon oyida “Umar ibn Xattob” tarixiy teleseriali namoyishini boshlaydi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Mazkur serial 2012-yilda qatarlik kinematograflar tomonidan Saudiya Arabistoni va Marokashda suratga olingan bo‘lib, 30 qismdan iborat.
“Unda xalifaning 18 yoshligi — 604-yil voqealari hikoya qilinadi. Voqealar 644 yilgacha — hazrati Umar (r.a.)ning vafotiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Serialda, shuningdek, uch xalifa Abu Bakr Siddiq, Usmon va Ali (r.a.)lar obrazlari ham gavdalantirilgan. Islom qoidalariga muvofiq, Muhammad (s.a.v.) ko‘rsatilmagan”, — deyiladi xabarda.