Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Bu haqida "Huquqiy axborot" ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 va 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.