Ramazon Hayitini nishonlash to‘g‘risida Prezident Qarori imzolandi
Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam olish kuni deb e’lon qilindi va bu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.