Dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida Prezident Qarori imzolandi
2016 yil 5 mart shanba dam olish kunini 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2016 yil 5 mart shanba dam olish kuni 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko‘chirildi.
2016 yil 5 mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi.