Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qoraqalpog‘istonda koronavirus aniqlanganligi rostmi?


Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 23-kichik tumanida koronavirusga chalingan bemor borligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida mahalliy saytlardan biri bo‘lgan kar24.uz tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, 7-fevral kuni Nukus xalqaro aeroportida koronavirus kasalligining oldini olish maqsadida mashg‘ulotlar olib borilgan. Ijtimoiy-tarmoqlarda tarqalgan tez tibbiy yordam mashinasining rasmi ham ayni shu jarayondan lavha. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha koronavirusga chalingan bemorlar ro‘yxatga olinmagan. Ayni paytda Xitoydan Nukus shahriga kelgan 11 nafar fuqaro poliklinikalar tomonidan jiddiy nazoratga olingan.
Ushbu fuqarolarda koronavirus alomatlari hozircha kuzatilmadi. Ularning hech biri Uxandan kelmagan, shunga qaramasdan ular doimiy nazoratga olingan – deydi Sanitariya-epidemiologiya bo‘limi boshlig‘i D.Tanirbergenova.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5928 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qoraqalpog‘iston, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное