Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Diqqat koronavirus: Virusdan himoyalanish usullari


Xitoy koronavirusi butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalgan yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 9776 nafar, vafot etganlar soni 213 nafar va ushbu kasallikdan tuzalganlar 187 nafarni tashkil qilmoqda. Bu xavfli virusni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?

• Uydan chiqayotganingizda, albatta, qo‘lingizga qo‘lqop kiyib oling. Uni jamoat joylarida ham yechmang.

• Agar nimadir bo‘lib qo‘lqopni yechishga majbur bo‘lsangiz, qo‘lingiz bilan yuz-ko‘zingizni ushlamaslikka harakat qiling. Hatto, ular qichiyotgan bo‘lsa ham. Qo‘lqopni kiyishdan avval qo‘llarni yaxshilab yuvish, har bir barmoq obdon quritib artilishi kerak.

• Har kuni qo‘lqoplarni almashtirib turing. Ularni yaxshilab yuvib, obdon qurigach keyin kiyish kerak.

Tibbiy niqoblar virusdan samarali himoyalaydi. Ammo unga ishonib, kasal odamlar to‘dasida yurish tavsiya etilmaydi. Odam ko‘p joylardan ehtiyot bo‘ling. Oldingizdagi va sizning o‘rtangizdagi oraliq masofa yarim metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

• Uydagi hamma sochiqlarni almashtirib turishni tavsiya qilamiz. Oila a’zolaridan har birining o‘z sochig‘i bo‘lgani yaxshi. Ularni bir haftada ikki marta yuvib, yaxshilab quritib keyin ishlatishni unutmang.

• Eshik tutqichlarini ushlashda ham ehtiyot bo‘ling. Imkon bo‘lsa ularni tirsak yoki yelkalarni ishlatgan holda ochib yopishga harakat qiling. Yoki tutqichdan tutmaslikning iloji bo‘lmasa uni ochishda, albatta, qo‘lqop kiyishni unutmang.

• Faqatgina o‘z qoshiq-sanchqilaringizdangina foydalaning. Ovqat yeb bo‘lgach, har bir idishni yaxshilab yuving. Bolalaringizga birovlarning shaxsiy narsalaridan foydalanmaslikni o‘rgating.

• Hayvon go‘shtini yaxshilab pishirmasdan iste’mol qilmang. Chunki, koronavirusning tarqalishiga aynan shu narsa sababchi bo‘lgan.

• Uy va ishxona derazalarini tez-tez ochib shamollatib turing. Yaxshilab shamollatilgan joylarda viruslar ko‘p “ushlanib” qolmaydi.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 3293 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное