Qoraqalpog‘istonda kollej o‘quvchisining jasadi o‘z uyidan topildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanidagi Sharof Rashidov ko‘chasi 16-uyda yashagan, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi A.Satimbaevning jasadi boshida jarohatlari bilan o‘z uyidan topilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni A.Satimbaevning birga yashovchi qarindoshi, 1988 yilda tug‘ilgan T.Boranov sodir etgani aniqlanib qo‘lga olingan.