Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qizning yigitiga yuborgan shaxsiy rasmlari qimmatga tushdi

Buxoroda 21 yoshli qiz yigitiga yuborgan suratlari sababi tovlamachilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Fuqaro 31 yoshli G.B. (ayol) o‘zining tanishi 21 yoshli K.J. (ayol) Telegram messenjeri orqali yoqtirgan yigitiga shaxsiy fotosuratlarini yuborganini ko‘rgan. G.B. bu haqda K.J.ning ota-onasi va boshqalarga aytib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, aprel oyidan 20 iyulgacha undan 3 700 AQSh dollari, umumiy bahosi 20 000 000 so‘m bo‘lgan 1 dona tillo zanjir, 3 dona ayollar tillo uzugi hamda 1 dona ayollar tillo ziragini olgan.
Shuningdek, joriy yilning 20 iyul kuni G.B. K.J.dan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga yana 1 000 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullardan 200 AQSh dollarini G‘ijduvon tumani Abadi qishlog‘ida olayotgan vaqtda tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sunnatilla Abdullaev


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12579 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qimmatga tushdi, shaxsiy, Yigit, Rasmlar, Qiz, yuborgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное