Qashqadaryoda 8 nafar voyaga yetmagan bolasi bor oila ajrashib ketdi
2017-yilda O‘zbekistonda 31 930 ta nikohdan ajralish haqida dalolatnoma qayd qilingan bo‘lib, 2016-yilga nisbatan 2 609 ta yoki 8,1 foizga ko‘paygan. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 8 nafar voyaga yetmagan farzandi bor oilaning nikohi sud tomonidan bekor qilingan. “Huquqiy axborot” kanali bergan ma’lumotda ajrim 2017-yilning qaysi oyida sodir bo‘lgani, buning sabablari va bolalar kim bilan qolganiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2017-yilda O‘zbekistonda 67 yil birga yashagan juftlik ajrashib ketgani xabar qilingandi.