Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Qarindoshim men unashtirilgan yigitni yo‘ldan urdi…


SAVOL:

Assalomu alaykum, iltimos, maslahat beringlar!
Meni 14 yoshimda unashtirib qo‘yishdi. U insonga nisbatan umuman ko‘nglim bo‘lmagan. To‘ydan keyin yaxshi ko‘rib qolarman, deb ishonardim. Lekin mening bitta qarindoshim Rossiyaga – men yashab turgan shaharga ishlagani kelib, ko‘nglim yo‘qligini bilib, u yigitni yo‘ldan ura boshladi. Orada ancha gap-so‘zlar, hatto janjallar ham bo‘lib o‘tdi. Oxiri fotihamiz buzildi. Ammo ota-onalarimiz vaqt o‘tishi bilan yana unashtirib qo‘yishdi. U qarindoshimni ham Alloh uchun kechirib, yaxshi gaplasha boshladik.
So‘ng bir kuni «Oralaringda nima bo‘lgan?» deb haqiqatni so‘radim. U: «Hech nima bo‘lmagan», deb qasam ichdi. O‘zim esa hamma yoqdan surishtirib, uning ko‘p gaplari yolg‘on ekanini sezib qoldim. Keyin u qarindoshim bilan gaplashmay qo‘ydim.
Yaqinda to‘yi bo‘lib o‘tdi va yana menga xat yozishni boshladi. Endi nima qilishni bilmayapman, butunlay aloqani uzay desam, qarindoshchilik buzilib ketadi. Yana yaxshi gaplashib ketaveray desam, menga juda ko‘p yomonlik qildi. Qanday yo‘l tutishni bilmayapman.

Javob:

Va alaykum assalom. Musulmon kishi avvalo yaxshi gumonda bo‘lishi, yaxshilikni umid qilishi kerak. Bo‘lgan ishlarni unuting. Alloh uchun uni afv eting. Alloh bandalarini kechirganida, biz kechira olmaymizmi? Hamma ham xato qiladi. O‘zi aybini e’tirof qilibdi-ku! U ulamoqchi bo‘lgan silai rahm rishtalarini uzmang, gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam.

 

Bintu Sodiq



Manba:hordiq.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 6134 | Рейтинг: 0| Рейтинг: unashtirilgan, yo‘ldan urdi, Men, Yigit, Qarindoshim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное