Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Qanday qilib o‘g‘rilangan iPhone’ni aniqlash mumkin?

iOS 7 operasion sistemasi paydo bo‘lishi bilan Apple smartfonlari Apple ID akkauntining ma’lumotlarini kiritmasdan turib, iPhone va iPad’dan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan Activation Lock funksiyasiga ega bo‘ldi. Shundan so‘ng iOS-qurilmalarni o‘g‘irlash biroz kamaydi. Biroq telefon o‘g‘rilari pul topishning yangi yo‘lini o‘ylab topishdi – ular o‘g‘irlangan qurilmalarni yangi telefon deb sotishmoqda. Bunga ba’zi sodda xaridorlar ishonib qolishmoqda. Qanday qilib bunday vaziyatga tushib qolmaslik mumkin?
Bloklash ekraniga e’tiborliroq bo‘ling

Agar siz sotib olmoqchi bo‘lgan iPhone yoki iPad o‘g‘rilangan qurilma bo‘lsa, uning ekranida bu haqda ma’lumot bo‘ladi. Biroq bunday xabarning yo‘qligi ham telefon o‘g‘irlanmaganiga dalil bo‘lolmaydi.
Telefon sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarib ko‘ring
Telefon sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarganda, “iPhone’ni topish” funksiya yoqilgan bo‘lsa, sotuvchi Apple ID parolini terishga majbur bo‘ladi.
Shuningdek…
Bundan tashqari, telefonga o‘z SIM-kartangizni qo‘yib, qurilmani o‘z Apple ID akkauntingiz bilan faollashtirishga harakat qilib ko‘ring. Activation Lock o‘chiq bo‘lsa, hammasi ko‘ngildagidek kechadi va qurilmani masofadan turib bloklashning imkoni bo‘lmaydi.
Manba:kun.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4977 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное