Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putinning xavfsizligi qay darajada? Unga suiqasd qilinishi mumkinmi?
Qrimdagi ko‘prikning portlatilishi, Rossiya armiyasidagi yo‘qotishlar va Moskvaning yadroviy tahdidi mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligi borasida qator savollarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu masalada Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ilk bor so‘z ochdi. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligi barcha mavjud tahdidlarni hisobga olgan holda tegishli darajada ta’minlangan. Bu haqda Peskov bugun, 10 oktyabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Prezident xavfsizligi barcha mavjud tahdidlarni inobatga olgan holda tegishli darajada ta’minlangan”, deydi u AQSHning 45-prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning “agar Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan foydalansa, Putin o‘z xavfsizligiga tahdid soladi”, degan so‘zlarini izohlab.

Eslatib o‘tamiz, Bolton "CBS News" telekanaliga bergan intervyusida "Agar Putin yadroviy quroldan foydalanishga ruxsat bersa, u o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi xatiga imzo chekadi", deb aytgan edi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1863 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qay, unga, mumkinmi, darajada, xavfsizligi, Putin, suiqasd, qilinishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное