Putin terroristlarga yordam berayotganlarni ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrdagi A321 samolyoti halokatini uyushtirgan terroristlarga yordam ko‘rsatishning oqibati haqida ogohlantirdi.
Jinoyatchilarga ko‘mak ko‘rsatayotganlar bilishlari lozimki, jinoyat izlarini yopishga urinish oqibatlari to‘liq ularning zimmasiga yuklatiladi. Men maxsus xizmatlarimizdan shu ishga e’tibor qaratishlarini so‘rayman”, ― dedi Putin, aviahalokat tergovi natijalariga bag‘ishlangan majlisda.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga te-gishli Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib halokatga uchragan edi. Mazkur samolyot bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘ldi. Yaqindagina FXX mazkur falokatga terakt sabab bo‘lganini tasdiqlab, ushbu jinoyatga aloqador shaxslar haqida ma’lumot taqdim etganlarga 50 million dollar miqdorida pul mukofoti be-rilishini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa terroristlarni sayyoraning har qanday nuqtasidan bo‘lsa ham topib, jazolashga va’da berdi.